"Liverpul" Frimpong bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Bayer" himoyachisining tovon puli – 35-40 mln evro

Aslanov Jasurbek
12 may 2025, 23:32
"Liverpul" Jeremi Frimpong transferi ustida ish olib bormoqda.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Bayer" himoyachisini sotib olish bo'yicha muzokaralar yaxshi davom etyapti. Mersisaydliklar Frimpongni klubni tark etayotgan Trent Aleksander-Arnold o'rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.  

Takidlanishicha, Frimpong bu yozda klub almashtirishga tayyor. 24 yoshli futbolchining tovon puli 35-40 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal