"Liverpul" yetakchisi "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
18 fev 2019, 21:40
"Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Liverpul"da yana bir yo'qotish bo'lishi mumkin.

"Liverpool Echo" xabariga ko'ra, mersisaydliklarning bugungi mashg'ulotini Roberto Firmino o'tkazib yuborgan. Uning ertangi o'yinda qatnashish ehtimoli past baholanmoqda. Uning nima uchun mashg'ulotlarda qatnashmagani ma'lum emas.

Bu mavsumda Firmino jamoasi tarkibida 34 o'yinda qatnashib, 11 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo