“Liverpul” bir yil ichida YCHL, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqqan ilk ingliz klubi
22 dek 2019, 07:51
Qatarda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining final uchrashuvida “Liverpul” qo'shimcha vaqtda “Flamengo”ni (1:0) taslim etib, turnir g'olibligini qo'lga kiritdi.
Shu tariq mersisaydliklar bir yil davomida Yevropa chempionlari ligasi, Yevropa Superkubogi hamda klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida bosh sovringa sazovor bo'lgan ilk ingliz klubi sifatida tarix sahifalaridan joy olishdi.