"Liverpul" APLni muddatidan oldin yutgan taqdirda, "Man Siti" ular uchun chempionlik yo'lagini tashkil etishga tayyor

Alisher
13 iyun 2020, 18:00
"Manchester Siti" Yurgen Klopp jamoasi muddatidan oldin APL chempioni bo'lgan taqdirda, "Liverpul" uchun chempionlik yo'lagini tashkil etishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Manchester Siti" ketma-ket 2 yilda Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylangan edi.

Mersisayd klubi 29 turdan so'ng "shaharliklar"dan 25 ochko ilgarilab ketgan (ammo "Siti" bitta kam o'yin o'tkazgan).

Raqiblarning natijalaridan qatiy nazar, "Liverpul" chempionlikni kafolatlash uchun yana 6 ochko jamg'arishi kerak.

2 iyul kuni "Etixad"da "Man Siti" bilan o'yin bo'lib o'tadi. Bunga qadar "qizillar" "Everton" (21 iyun) va "Kristal Pelas" (24 iyun) bilan bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk