“Liverpul” 47-sovrinini qo'lga kiritdi

22 dek 2019, 08:51
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida “Flamengo”ni (1:0) taslim etgan “Liverpul”ning sovrinlari soni 47 taga etdi.

Mersisaydlilar 18 marta Angliya chempionatida, 7 bor Angliya kubogida, 8 marta Liga Kubogida, 6 marta Chempionlar ligasida, 3 marta UEFA kubgida va 4 marta UEFA Superkubogida g'olib chiqishgan. 

Bu Angliya klublari orasida (Angliya Superkubogini hisobga olmaganda) eng yaxshi natija hisoblanadi. Bu borada “Liverpul” eng yaqin taqibchisi “Manchester Yunayted”ni ikkita sovringa ortda qoldirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports