

"ESPN" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Markus Reshfordni 40 million funt evaziga sotishga tayyor. Manbaga ko'ra, "MYU" 28 yoshli hujumchini APLning boshqa klubiga qo'yib yuborishga tayyor, ammo uni "Liverpul" yoki "Manchester Siti"ga sotish imkoniyatini istisno qiladi – ushbu klublar uchun so'ralayotgan summa amal qilmaydi. Takidlanishicha, Reshford 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi oxirigacha "Manchester Yunayted"da qolishni afzal ko'radi. Avvalroq, Reshford o'tgan mavsumni ijara asosida o'tkazgan "Barselona" hujumchini 30 million evroga sotib olish opciyasini faollashtirishdan bosh tortgan edi.



