Lionel Messi "Oltin to'p"ning ahamiyati haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
18 avg 2023, 09:15
"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi "Oltin to'p"ga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.

"Faoliyatim davomida bu haqida ko'p gapirganman. Bu muhim sovrin bo'lsada, xech qachon bunga ahamiyat bermaganman. 

Men uchun eng asosiysi jamoaviy sovrinlar yutish. Faoliyatim davomida bularning barchasini qo'lga kirita oldim. Jahon chempionati g'olibligiga juda kech erishganman. Siz menga aynan nima yetishmaganini tasavvur qilishingiz mumkin. O'sha paytda men "Oltin to'p" haqida umuman o'ylamasdim. Mening eng katta mukofotim - hozirgi damlardan zavq olayotganim", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Ole