Lionel Messi - "Oltin butsa"ni olti bor qo'lga kiritgan birinchi futbolchi

16 okt 2019, 20:10
"Barselona" hujumchisi va yulduzi Lionel Andres Messi faoliyatida oltinchi "tilla butsa"ni qabul qilib oldi.

Messi o'tgan mavsumda La Ligada 36 ta gol urib to'purar bo'lgani esingizda bo'lsa kerak. Bunga qadar u 5 marotaba  "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgandi. 


2009/2010: 34 ta gol

2011/2012: 50 ta gol

2012/2013: 46 ta gol

2016/2017: 37 ta gol

2017/2018: 34 ta gol

2018/2019: 36 ta gol

Shu tariqa, Leo "Oltin butsa"ni olti bor qo'lga kiritgan birinchi futbolchiga aylandi. 



Manba: Marca