"Lion" o'z vaqtida Gabriel Jezusni 1 mln evroga olishi mumkinmidi?

Tolibjon Qosimov
25 okt 2017, 20:32
"L`Equipe" nashrining ma'lum qilishicha, Fransiyaning "Lion" klubi o'z vaqtida Gabriel Jezusni 1 million evro evaziga sotib olishi mumkin edi.

Ayni paytda braziliyalik hujumchi "Manchester Siti"ning asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi.

"Lion"ning Janubiy amerikalik skauti Marselo o'yinchidagi iqtidorni payqaydi, lekin francuzlar bu transferni rad etishadi. Ortda qolgan qishda Jezus 32 million evroga "Manchester Siti"ga o'tdi va darhol gollar urishni boshlab yubordi.

To'g'ri, "Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas bu ma'lumotni inkor etdi va uni absurd deb atadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: L`Equipe