"Lion" Azmunni qishda xarid qilib, uni "Zenit"ga mavsum so'ngiga qadar ijaraga berishi mumkin

Alisher
2 dek 2021, 14:35
"Lion" "Zenit" hujumchisi Syerdar Azmunni xarid qilmoqchi.

Fransiya klubi 26 yoshli eronlik futbolchini qishki transfer oynasida xarid qilmoqchi.

Bundan tashqari, "Lion" hujumchini peterburgliklarga 2021/22 yilgi mavsum so'ngiga qadar ijaraga berishga tayyor.

Azmun joriy mavsum "Zenit" libosida 19ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Quotidien du Sport