Linders Liverpul murabbiylar shtabiga qaytdi

6 iyun 2018, 01:54
Liverpul rasmiy sayti jamoa murabbiylar shtabiga Pepeyn Linders qaytganini ma'lum qildi.

35 yoshli murabbiy yanvar oyida Klopp shtabini tark etib, Gollandiyaning NEK klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Mavsum yakuniga ko'ra uning jamoasi Gollandiya yuqori divizioniga yo'l ololmadi va klub rahbariyati Lindres bilan shartomani bekor qildi.

Eslatib o'tamiz, aprel oyida Klopning asosiy yordamchisi Jelko Buvach mavsum yakuniga qadar jamoa bilan vaqtincha xayrlashgandi. Yangi mavsum oldidan Buvach ham o'z ishiga qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Ливерпул" расмий сайти