Liga 1. Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2020, 08:14
Bu nomga “Monpele” futbolchisi loyiq ko'rildi.

“Monpele” hujumchisi Andi Delor Liga 1 ning noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchi ovoz berish jarayonida 38 foiz ovozga ega bo'lgan. 29 yoshli jazoirlik Delor Liga 1 doirasida noyabr oyida 4 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan. Ovoz berish yakunlariga ko'ra kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish olgan:

Andi Delor (“Monpele”) - 38 foiz ovoz

Kevin Folland (“Monako”) - 35 foiz ovoz

Irvin Kardona (“Brest”) - 27 foiz ovoz

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express