Abduqodir Husanov Grinvud va Hakimi bilan bir jamoada

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024
8 dekabr kuni Fransiya chempionati 14-turi doirasida "Lans" klubi "Monpele"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Ana shu bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Biroz avval Fransiya chempionati (Liga 1) rasmiy akkaunti 14-turning muxlislar talqiniga ko'ra ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Ushbu ramziydan Meyson Grinvud, Ashraf Hakimi kabi yulduzlar bilan birga Abduqodir Husanov ham o'rin olgan.

Liga 1 14-turning muxlislar talqiniga ko'ra ramziy terma jamoasi:



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/Ligue1