Liga 1. Mbappe mavsumni to'purar va eng yaxshi assistent sifatida yakunladi

Eldor Akmurzayev
22 may 2022
Avvalroq, Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirgani haqida xabar bergandik.

Fransiya chempionati 38-turida PSJ Mbappening xet-trigi evaziga “Mec”ni 5:0 hisobida taslim etdi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum Liga 1'da 35 o'yinda qatnashib, 28 ta gol urdi va 17 pasni o'z hisobiga yozdirdi. Mbappe musobaqa to'purari va eng yaxshi assistenti sovrini sohibiga aylandi.

To'purarlar ro'yxatida Vissam Ben-Yedder (“Monako”, 25) ikkinchi bo'lgan bo'lsa, Lionel Messi 14 pas bilan assistentlar jadvalida jamoadoshidan keyingi o'rinni egalladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote