Liga 1. Ikardi chempionatdagi debyut golini urdi, jamoasi esa yirik g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
5 okt 2019, 22:30
Fransiya chempionatining 9-turida PSJ uyda Anje bilan bahs olib borib, 4:0 natijasida zafar quchdi.

Ushbu o'yinda  Pablo Sarabiya, Idrissa Guye parijliklar tarkibida debyut gollarini urishgan bo'lishsa, hujumchi Mauro Ikardi Liga 1dagi ilk golini kiritdi. Shuningdek, yana bir aniq zarba Neymar hisobiga yozildi. 

PSJ – Anje 4:0 (2:0, 2:0)

Park de Prens

Gollar: 1:0 – 13 Sarabiya, 2:0 – 37 Ikardi, 3:0 – 59 Guye, 4:0 – 90 Neymar.

PSJ – Navas, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat (Diallo, 78), Verratti, Paredes, Errera, Guye, Sarabiya (Di Mariya, 83), Ikardi (Shupo-Moting, 72), Neymar.

Anje – Byutel, Ait-Nuri (Tiub, 46), Toma, Traore, Manko, Bobishon (Mangani, 55), Pereyra Laje, Santamariya, Kapel, Ninga, Aliui (Kanga, 78).

Ogohlantirishlar: Sarabiya (23), Pereyra Laje (52), Neymar (82), Paredes (86).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia