“Leyptsig” yetakchisi operaciya qilindi

26 noya 2019, 07:43
Kevin Kampl 2019 yilda boshqa maydonga tushmaydi.

“Leyptsig” rasmiy sayti xabariga ko'ra, jamoa yetakchisi Kevin Kampl tizzasida jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. Jarayon muvaffaqiyatli kechgan. Futbolchi 2019 yil boshqa maydonga tushmaydi. Uning qachon safga qaytishi haqida keyinroq rasmiy ma'lumot berilishi takidlangan.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum “Leyptsig” safida barcha musobaqalar doirasida 6 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Лейпциг” расмий сайти