"Beyjing Goan" Kampl uchun 22 mln. evro taklif qilmoqda, "Bayer" esa 30 mln. evro so'rayapti

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2017, 16:41
"Bayer" yarim himoyachisi Kevin Kampl faoliyatini "Beyjing Goan"da davom ettirishi mumkin.

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimec to'p tepadigan Xitoy klubi rahbariyati 26 yoshli futbolchi uchun 22 mln. evro taklif qilmoqda, ammo leverkuzenliklar o'z yarim himoyachisi uchun 30 mln. evro talab qilishmoqda. "Bayer" sport direktori Rudi Fyollerning ma'lum qilishicha, nemis klubi xo'jayinlari muzokaralarga tayyor.

Sloveniyalik va "Bayer" o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi. Oldinroq Kampl Leverkuzen klubini tark etishi haqida ma'lum qilgan edi. U Xitoyga o'tishi haqidagi savolga, faqat "Bayer"da birga ishlagan murabbiyi, ayni damda "Beyjing Goan"ni boshqarayotgan Rojer Shmidt qo'l ostida o'ynashga tayyorligini aytgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild