Levandovski Seltikka qarshi o'ynaydimi? Bugun ma'lum bo'ladi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2017, 08:21
Bavariya hujumchisi Robert Levandovskining Seltik bilan o'yinda ishtirok etishi bugun, 30 oktyabr kuni malum bo'ladi.

Bu haqda bosh murabbiy Yupp Xaynkes ma'lum qildi.

Robert Glazgoda o'ynaydimi yoki umuman u erga boradimi dushanba kungi tekshiruvdan so'ng ma'lum bo'ladi, - deydi murabbiy.

Levandovski Bundesliga doirasidagi Leyptsig bilan o'yinda jarohat oldi. Uning jarohati u qadar og'ir bo'lmasa ham Seltik bilan bahsdagi ishtiroki katta so'roq ostida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kicker.de