Levandovski “Real”ga o'tishi mumkin. Buni uning agenti xohlamoqda

Robert faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

“Don Balon” xabariga ko'ra, polshalik hujumchining agenti Pini Zaxavi mijozini “Real”ga o'tishga undab ko'radi.

Ma'lum bo'lishicha, Zaxavi bu transfer borasida madridliklar prezidenti Florentino Peres bilan suhbatlashgan.

Ma'lumot uchun, “Bavariya”ning 31 yoshli hujumchisi joriy mavsum Bundesligada 10 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi.


Manba: Don Balon