Levandovski joriy mavsum klub va termadagi umumiy gollar bo'yicha yetakchiga aylandi

Eldor Akmurzayev
16 fev 2020, 21:55
Biroz oldin, Germaniya chempionati 22-turidan o'rin olgan “Kyoln” – “Bavariya” bahsi yakunlandi va unda mehmonlar 4:1 hisobida zafar quchishdi.

O'yinning 3-daqiqasidayoq myunxenliklar forvardi Robert Levandovski raqib darvozasini ishg'ol etdi va chempionatdagi gollari sonini 23taga etkazib, to'purarligini mustahkamladi. Eng yaqin taqibchisi Timo Verner hisobida esa 20ta to'p mavjud.

Shuningdek, u 2019/20 yilgi mavsum klub hamda terma jamoada urilgan gollarini 40taga (Bavariya 35, Polsha 5) tenglashtirib, bunday natijaga erishgan ushbu mavsumdagi ilk futbolchiga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta