Levandovski Obameyangning ortda qoldirib, Bundesliga rekordini o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2020, 20:01
Ayni daqiqalarda, Germaniya chempionatining 33-turidan o'rin olgan “Bavariya” – “Frayburg” bahsi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvning 24 hamda 37-daqiqalarida mezbonlar forvardi Robert Levandovski raqib darvozasini ishg'ol etib, dublga erishdi.

Levandovski Bundesliga joriy mavsumidagi gollari sonini 33taga etkazib oldi va bunday natijaga erishgan musobaqa tarixidagi ilk xorijlik futbolchiga aylandi. 

Avvalgi rekord esa Per-Emerik Obameyangga (31) tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka