"Lester" va "Vest Xem" 19 yoshli himoyachi uchun kurashmoqda

Alisher
25 sen 2020, 13:25
"Sent-Eten" himoyachisi Uesli Fofana faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

19 yoshli fransiyalik futbolchini "Lester" va "Vest Xem" klublari xarid qilishni xohlashmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Sent-Eten" Fofana uchun bonuslarni qo'shib hisoblaganda 40 million evro talab qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Fofana "Sent-Eten" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2019 yildan beri bosh jamoada o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira