"Lester" futbolchisining xotini xiyonat tufayli erini uydan haydab yubordi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2017, 11:45
"Lester Siti" himoyachisi va sardori Ues Morganning shaxsiy hayotida jiddiy muammolar paydo bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining xotini Shenin Fisher erining homilador o'ynashi haqida bilib qolgach, Morganni uydan haydab yubordi. Noma'lum shaxs Shenin Fisherga qo'ng'iroq qilib, unga bor haqiqatni aytgan. Morgan esa hammasini tan oldi.

Ayni damda Morgan va Fisherning 2 nafar farzandi bor, ular 14 yildan beri birga hayot kechirishadi. Yamaykalik futbolchi 27 yoshli Karla Morrell bilan so'nggi uch yil davomida uchrashib kelgan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals