"Lester" Demiral uchun yangi taklif bilan chiqadi

10 yanv 2020, 22:53
"Lester" "Yuventus" himoyachisi Merix Demiral transferidan voz kechgani yo'q.

Avvalroq Turin klubi "tulkilar"ning ikki taklifini (24,5 mln funt va 34 mln funt miqdorida) rad qilgandi. "The Mirror" xabariga ko'ra, "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers Demiralni uning vatandoshi Chag'lar Suyunchu bilan markaziy himoyada o'ynatmoqchi.

"Tulkilar" qishki transfer mavsumi yakuniga qadar "Yuventus"ga yana bir taklif yuborishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Mirror