"Leo ketgan payt biz uni sog'inamiz. Imkoniyat borida undan rohat oling". Lineker Messini 33 yoshi bilan tabrikladi

Alisher
24 iyun 2020, 16:33
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Lineker "Barselona" hujumchisining 33 yoshga to'lgani bilan tabrikladi.

"Lionel Messining tug'ilgan kuni bilan tabriklayman. U ajoyib faoliyatining quyosh botish nuqtasiga yaqinlashdi. 722ta o'yinda 699ta gol urgan ijodkor va qizg'anmaydigan futbolchi, samarali va darvoza qarshisidagi qotil.

Leo ketgan payt biz uni sog'inamiz. Imkoniyat borida undan rohatlaning", - deb yozadi Lineker.

Messi "Barselona"ning asosiy jamoasida 2003 yildan beri o'ynab keladi. Forvard "ko'k-anorranglilar" bilan 10 karra Ispaniya chempioni, 6 karra Kubok va 8 karra mamlakat Superkubogi sohibi. Shuningdek Leo Kataloniya klubi tarkibida 4 bor Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari. Uch karra UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GaryLineker