Leno qishki transfer oynasida "Arsenal"dan ketadi

Alisher
15 sen 2021
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati ortiq nemis darvozaboni Bernd Lenoning xizmatlariga qiziqmayapti.

"Kanonirlar" jamoaga Aaron Ramsdeyl kelganidan so'ng darvozabonni sotishni rejalashtirishmoqda.

Angliya klubi Berndni yanvarda transferga qo'yadi. Oldinroq unga "Inter" va "Milan" tomonidan qiziqish bo'layotgani aytilgan edi.

Darvozabonning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.







AlisherMuallif
Manba: Goal