Lempard Zieshning "Chelsi"ga o'tganiga izoh bildirdi

Alisher
14 fev 2020, 18:21
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoaning yangi o'yinchisi Hakim Ziesh haqida fikr bildirdi.

"Men uni ilk bor Chempionlar Ligasida "Ayaks" tarkibida ko'rgandim. U ayniqsa "Tottenxem"ga qarshi o'yinda ajoyib harakat qildi. Joriy mavsum u bilan ikki marta o'ynadik va shu sabab u haqida etarlicha ma'lumot oldim. Hakim chap oyoqda ajoyib o'ynay oladi, qanotda o'ynashdan tashqari hujumchi ortida ham harakat qila oladi.

U pas berishdan tashqari gollar ura oladi. Bilaman, u hozir bizning tarkibimizga kelib qo'shilmaydi, ammo muxlislar uning kelishini intiqlik bilan kutishmoqda", - deydi Lempard.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports