Lempard sobiq jamoadoshini transfer qiladi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2019, 18:57
Ayni damda erkin agenti bo'lib turgan Eshli Koul "Derbi Kaunti"ga o'tishga yaqin.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, futbolchi "LA Gelaksi" taklif qilgan 2 yillik shartnomaga inkor javobini bergan. "Derbi" bosh murabbiyi Frenk Lempard o'zining sobiq jamoadoshini qo'l ostida o'ynashiga ko'ndirgan.

Yaqin 48 soat ichida Koul Chempionship jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi. Uning haftalik maoshi 15 ming funtni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com