Lempard: "Agarda qo'rqayotgan bo'lsangiz, "Real" bilan o'yinni tomosha qilmang"

Mirjalol Normatov
9 apr 2023, 15:59
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard YCHL doirasida "Real"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

- "Real"ga qarshi o'yinga qanday jamoa qanday tayyorlanadi? Ayrim muxlislar qo'rqishmoqda.

- Agarda qo'rqayotgan bo'lsangiz, o'yinni tomosha qilmang. Futbolchilar afsuslanishi shart emas. "Chelsi"ga o'tayotgan futbolchilar barchasiga tayyor bo'lishi kerak. Barcha futbolchilar - YCHLni ikki marta qo'lga kiritib, JCH yarim finalida o'ynagan Mateo Kovachichdan tortib, yaqindagina jamoaga kelgan Mixail Mudrikgacha - ular "Chelsi"da o'ynashga haqli. Agarda ushbu futbolchilar shu yerda bo'lsa, shunga yarasha yo'lni bosib o'tishgan. Shunchaki bu erga kelib qolishmagan.

Balki Siz kutgan natija bo'lmasligi mumkindir. Ammo jamoa birlashishi kerak. Jamoaga agressivlik yetishmayapti, deya olmayman. Shunchaki birlashsak etarli. Bazida ishonchning yetishmasligi ham agressivlikni pastdek ko'rsatadi. "Chelsi" "Vulverxempton"ga qarshi agressiv jamoa sifatida o'ynadi. Balki, biz to'p uchun yakkakurashlarda ko'p mag'lub bo'lgan bo'lsak-da, - dedi Lempard.

"Chelsi"ning "Real"ga qarshi safar o'yini 12 aprel tunila kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football London