ROSSIYA
5 oktyabr kuni Rossiya premer-ligasida 11-tur o'yinlariga start berildi. Mahachqalaning Anji klubi sharafini himoya qilayotgan Odil Ahmedov mazkur turda safarda Rubin klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvda 5:1 hisobida Rubin g'alaba qozongan.
Moskvaning Lokomotiv klubi 6 oktyabr kuni safarda Krilya Sovetovga qarshi maydonga tushib 2:2 hisobida durang o'ynadi. Eslatib o'tamiz, Moskva temiryo'lchilari safida O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov to'p suradi. O'zbekistonlik himoyachi Krilya Sovetovga qarshi o'yinda jamoasi qaydnomasidan o'rin olmadi.
QOZOG'ISTON
5 oktyabr kuni Qozog'iston premer-ligasida 29-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Turning markaziy uchrashuvlaridan biri 6 oktyabr kuni Aktobe hamda Irtish klublari o'rtasida kechdi va unda Aktobe 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Xabaringiz bor, Aktobe safida O'zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi yig'iniga chaqirilgan ikki nafar futbolchi - Temur Kapadze hamda Aleksandr Geynrixlar harakat qilishadi. Irtishga qarshi o'yinda Temur Kapadze o'yinda to'liq, 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, Aleksandr Geynrix 89-daqiqada almashtirilgan.
Takidlash joiz, Irtish safida ham O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo'lgan hujumchi - Ulug'bek Baqoev mazkur o'yinda 90 daqiqa harakat qildi. Irtish safida to'p surib kelayotgan o'zbekistonlik yana bir hujumchi Kamoliddin Murzoev o'yinning 74-daqiqasida zahiradan maydonga tushirilgan.
XITOY
5 oktyabr kuni Xitoy superligasida 28-tur o'yinlariga start berilgan. Changchun Yatay klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov safarda Guanchjou klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa o'ynadi. O'yinda Changchun Yatay 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Liaoning Vofin klubi safida to'p surayotgan o'zbekistonlik himoyachi Shavkat Mullajonov mazkur turda o'z maydonida Beyjing Guoan klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa o'ynadi. Beyjing Guoan safida o'ynab kelayotgan o'zbekistonlik himoyachi Egor Krimec esa, ushbu uchrashuvda jamoasi qaydnomasidan o'rin olgan bo'lsada, maydonga tushirilmadi.
JANUBIY KOREYA
6 oktyabr kuni Janubiy Koreya K ligasi ikkinchi davra o'yinlarining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ikkinchi davradan boshlab K ligada 8-14 o'rinlar uchun kurashga kirishgan Seongnam Ilva Chunma klubi tarkibida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov to'p surib kelmoqda. Tajribali yarim himoyachi 6 oktyabr kuni o'z maydonida Jeju Yunayted klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 80-daqiqada almashtirildi.
OZARBAYJON
6 oktyabr kuni Ozarbayjon premer-ligasida ham 10-tur o'yinlariga start berildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov ushbu turda safarda Azal klubiga qarshi o'yinda jamoasi qaydnomasiga kiritilmadi.
QATAR
Ushbu mavsumdan boshlab, Qatar Yulduzlar Ligasi ishtirokchisi - Al Muayzir klubi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev, 5 oktyabr kuni jamoasi safida safarda Al Vakra klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. 3:1 hisobida Al Vakra klubining g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Musaev to'liq 90 daqiqa o'ynadi.