Leandro Trossard – "Arsenal" futbolchisi. Klub futbolchi uchun 21+6 mln evro to'laydi (Fabricio Romano)

Administrator
19 yanv 2023, 22:30
Taniqli insayder ushbu transfer hal bo'lganini tasdiqladi.

"Arsenal" "Brayton" futbolchisi Leandro Trossardni o'z tarkibiga qo'shib oldi. Londonliklar Trossard uchun 21 mln evro va bonus sifatida 6 mln evro to'lab berishadi. Trossardning "Arsenal" bilan shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan. 

Ma'lumot uchun, futbolchi ushbu mavsum "Brayton" safida  APLda 16 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano