Lautaroning agenti: "U "Inter" loyihasining asosiy bo'lagi"

Mirjalol Normatov
17 avg 2021
"Inter" futbolchisi Lautaro Martinesning agenti Alexandro Kamano mijozi jamoada qolishni istayotganini ma'lum qildi.

"Lautaro "Inter"da qolishni istamoqda. U klub loyihasiga ishonadi va yana bir skudetto yutishni istamoqda. Lautaro loyihaning asosiy bo'lagi.

"Inter" vakillari bilan uchrashuv chorshanba kuni bo'ladi. Uning jamoada qolishi uchun barcha ishni qilamiz. Martinesga Milan shahri yoqadi. U jamoadoshlari va murabbiylari bilan yaxshi munosabatda.

Lautaro pul haqida o'ylamayapti. Bu bilan agentlar shug'ullanadi. Aytishim mumkinki, odamzod istalgan holatga ko'nikib keta oladi", - dedi Kamano.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal