Las-Vegasda o'tadigan “El-Klasiko” uchun chiptalar 1 haftada sotib bo'lindi

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2022, 08:30
“Barselona” hamda “Real” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida AQSHda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Navbatdagi “El-Klasiko” 23 iyulda Las-Vegasda bo'lib o'tadi.

O'yin 63 ming sig'imga ega bo'lgan “Allegiant Stadium” o'yingohida bo'lib o'tadi va bo'lajak uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalar bir hafta ichida sotib bo'lindi.

Shuningdek, kataloniyaliklar 26 iyulda “Yuventus”ga qarshi Dallasdagi “Cotton Bowl” stadionida o'ynaydi. Mazkur o'yinga chiqarilgan 92,100 ta chipta ham tezda xarid qilingan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS