Laporta Ferran Torresga bo'lgan qiziqishni tasdiqladi

Alisher
4 dek 2021, 17:54
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning "Manchester Siti" hujumchisi Ferran Torresga bo'lgan qiziqishini tasdiqladi.

"Ferran - biz kuzatayotgan futbolchilardan biri. Ammo, bizning qiziqishlarimiz ro'yxatida boshqa o'yinchilar ham bor. Kutish va nima bo'lishini ko'rish kerak. Xavi bizdan jamoani kuchaytirishni so'radi, ammo bizda hozirda maoshlar bilan bog'liq muammolar bor, shunday ekan bu imkonsiz, ammo klub ushbu muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda", - deydi Laporta.

Torres 2021/22 yilgi mavsum "Manchester Siti" doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal