Laporta: "Biz La Liga va Yevropa Ligasini yutishni xohlaymiz"

Sherzod Nurmatov
3 fev 2022, 20:36
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubining mavsumning qolgan qismidagi maqsadlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz La Liga va Yevropa Ligasini yutishni xohlaymiz. Agar biz buni uddalay olmasak, vaziyatni o'rganib chiqamiz va shunga qarab ish tutamiz.  

Shuningdek, "Barselona" prezidenti klubning yanvardagi transferlari haqida gapirdi.

"O'ylaymanki, klubning hozirgi holatini hisobga olganda transfer oynasi biz uchun ajoyib o'tdi". 

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar yanvarda Dani Alves, Ferran Torres, Adama Traore va Per-Emerik Obameyang bilan shartnoma tuzishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com