Liga 1. "Lans" so'nggi daqiqalarda Yevropa ligasidan quruq qoldi, PSJ esa qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi

Alisher
20 may 2024, 02:04
Liga 1ning so'nggi, aniqrog'i 34-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

LIGA 1 TURNIR JADVALI


Mezbonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq o'yin o'tkazdi.

"Lans" ishonchli hisobda oldinda bora turib, yakunda g'alabani qo'ldan chiqardi. "Lion" esa 90+6 daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga g'alabaga erishdi va "Lans"dan o'tgan holda 6-o'rinni qayd etdi. E'tiborlisi, "Lans" Yevropa ligasi guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi o'rindan mahrum bo'ldi. Endi jamoa Yevropa konferenciyalar ligasi saralashida ishtirok etadi.


"Lans" - "Monpele" 2:2

Gollar: 1:0 – 4 Vai, 2:0 – 45+3 Machado, 2:1 – 58 Maamma, 2:2 – 74 Minkarelli.

"Lans": Leka, Agilyar, Gradi, Medina, Xusanov, Machado, Mendi, Fyuljeni, David Koshta, Sotoka, Vai.

"Monpele": Berto, Xefti, Jyulen, Sanyan, Omeragich, Minkarelli, Shotar, Fayyad, Kulibali, Adams, Maamma.

Ogohlantirish: Xazri (90+5).


"Mec" - PSJ 0:2

Gollar: 0:1 – 7 Soler, 0:2 – 12 Li Kan In.

"Mec": Ukija, Kolen, Erey, Sane, Yudol, Kamara, Ndoram, Jan-Jak, van den Kerkxof, Diallo, Mikautadze.

PSJ: Navas, Mukiele, Danilu Pereyra, Lukas Beraldo, Mendesh, Soler, Ugarte, Meyulyu, Li Kan In, Asensio, Gonsalu Ramush.

Ogohlantirish: Mendesh (44), Jan-Jak (79), Yudol (86).


"Lion" - "Strasburg" 2:1

Gollar: 1:0 – 39 Lyakazett, 1:1 – 63 Diarra, 2:1 – 90+6, penalti Lyakazett.

"Lion": Antoni Lopesh, Mata, Chaleta-Car, O'Brayen, Talyafiko, Sherki, Matich, Tolisso, Kakre, Lyakazett, Benraxma.

"Strasbur": Bellaarush, Senaya, Dukure, Silla, Gilber, Diarra, Andrey Santos, Delen, Sebas, Emega, Njingula.

Ogohlantirish: Vieyra (80), Lyakazett (90+7).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia