LaLiga. 10-tur anonsi. Markaziy o'yin "Kamp Nou"da bo'ladi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2018, 15:34
Kecha, 26 oktyabr kuni bo'lib o'tgan "Valyadolid" hamda "Espanol" o'rtasidagi bahs LaLiganing 10-tur o'yinlarini ochib berdi.

Braziliyalik Ronaldo sotib olgan jamoa Kataloniya klubini mag'lub eta olmadi. Tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi.


10-turning qolgan o'yinlari


Ushbu turning markaziy o'yini Kataloniyadagi "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi. "Barselona" o'z arenasida o'zining azaliy raqibi "Real"ni qabul qiladi. O'yinda 11 yilda ilk marta Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ishtirok etmaydi.

Ertangi "El-Klasiko" chiptalari tarixda eng qimmati!

Quyidagi bahs oldidan "Qirollik klubi"da jiddiy muammolar paydo bo'lgan. Jamoa gol urishda muammolarga duch kelmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres esa bosh murabbiy Xulen Lopetegini ishdan haydash haqida o'ylab yuripti. Agar "Real" "El-Klassiko"da mag'lub bo'lsa, katta ehtimol bilan Lopetegi iste'foga chiqariladi.

"Barselona"da ham muammolar yo'q emas. Hujumchi Usmon Dembelening o'yin va mashg'ulotlarga kechikib kelishi bosh murabbiy Ernesto Valverdening jahlini chiqaryapti. Bundan tashqari, jamoaning asosiy va zaxira himoyachilari jarohat olishgan. Ispaniyalik mutaxassis bu joylarni to'ldirish uchun La Masiya tarbiyalanuvchilaridan foydalanmoqda.

Messi va Ronaldusiz o'tadigan "El-Klassiko" hammaga qiziq bo'lishi aniq. Ko'ramiz, jamoalar super futbolchilarsiz nimalarga qodir ekan?


Turnir jadvali


LaLiga to'purarlari


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia