Ertangi "El-Klasiko" chiptalari tarixda eng qimmati!

Narzulla Saydullayev
27 okt 2018, 12:59
Ertaga Ispaniya chempionati doirasidagi "Barselona" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu safargi "El-Klasiko"da Krishtianu Ronaldu ham, Lionel Messi ham o'ynamaydi. Bundan tashqari mazkur bahs Ispaniya vaqti bilan soat 16:15da boshlanadi. Shunga qaramay, "Kamp Nou"ga kirish uchun eng arzon chipta narxi 179 evroga teng. VIP toifasiga kirmaydigan eng qimmat chiptalar esa 499 evro turadi. Tarixda hech qachon "El-Klasiko" uchun eng arzon chipta bunchalik qimmat bo'lmagan ekan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com