"Lacio" "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
30 iyun 2022, 12:02
"Lacio" "Real" himoyachisi Mario Gilaga qiziqmoqda.

"Qirollik klubi" 5 million evro evaziga 21 yoshli ispaniyalikni qo'yib yuborishga tayyor, rimliklar futbolchi uchun bosh da'vogar hisoblanishadi.

O'yinchi uchun "Xetafe", "Selta" va "Sassuolo" da'vogarlik qilmoqda.

Gila 2021/22 yilgi mavsum "Real"ning yoshlar jamoasi bo'lmish "Kastilya"da 32ta o'yinda 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Himoyachi shuningdek "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida La Liga doirasida 2ta o'yinda harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca