

Rimliklar Stefano Pioli boshchiligida Italiya Superkubogida mag'lubiyatga uchradilar. YCHL guruh o'yinlariga yo'llanma ola bilmadilar va A Seriyada ikki marta yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldilar.
Ma'lum qilinishicha, "Lacio" prezidenti Klaudio Lotito yaqin orada Piolini ishdan bo'shatishi mumkin. Uning o'rnini esa Vinchenco Montella egallashi kutilmoqda.



