La Liga. Yana penalti, yana Ramos va "Real Madrid" chempionlik sari muhim qadamni tashladi

Omonjon To`xtamirzayev
5 iyul 2020, 19:06
Ispaniya chempionati 34-turi doirasida "Atletik Bilbao" o'z maydonida "Real Madrid"ni qabul qildi.

Serxio Ramosning penaltidan urgan goli evaziga Zinedin Zidan shogirdlari muhim uch ochkoga ega bo'lishdi. 


"Atletik" – "Real Madrid" 0:1 (0:0, 0:1)
5 iyulya, 15.00, "San Mames" stadioni
Gol: 0:1 – 73, Ramos penalti.

"Atletik" – Unai Simon, Martines, Kapa, Yeray Alvares (Nunes, 21), Berchiche, Unai Lopes (Vesga, 63), Dani Garsiya (Sanset, 78), Raul Garsiya, Kordoba (De Markos, 63), Muniain, Uilyams (Vilyalibre, 78).

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Militao, Marselo, Kazemiro, Valverde (Kroos, 85), Rodrigo (Vaskes, 74), Modrich, Asensio (Vinisius Junior, 74), Benzema (Yovich, 90).

Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (39), Dani Garsiya (73), Ramos (90), Kazemiro (90), Muniain (90), Berchiche (90), Karvaxal (90).


Shu tariqa, "qirollik klubi" g'alabali seriyasini ettita o'yinga etkazdi.

Ushbu o'yinlardagi raqiblar va hisob:

"Eybar" (uyda) 3:1

"Valensiya" (uyda) 3:0

"Real Sosedad" (safarda) 1:2

"Malorka" (uyda) 2:0

"Espanol" (safarda) 0:1

"Xetafe" (uyda) 1:0

"Atletik" (safarda) 0:1


O'xshash yangiliklar

Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia