

Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Dastlab Rodrigo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, oradan besh daqiqa o'tib Angissa muvozanatni tikladi. Taym o'rtalarida Ferran Torres g'alaba to'pini kiritib, “ko'rshapalaklar”ga muhim uch ochkoni keltirgan golga mualliflik qildi.
Ayni payda “Valensiya” 23 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Vilyarreal” 18 ochko bilan 13-pog'onani egalab turibdi.



