La Liga prezidenti "Real" va "Barselona"ni tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
20 may 2023, 15:16
Klublar ko'proq foyda topishni istashmoqda.

La Liga prezidenti Xaver Tebas "Real" va "Barselona" klublarini ispan klublari televidenie huquqlaridan etarlicha mablag' olmayotganidan shikoyat qilganliklari uchun tanqid qildi.

"Milliy televideniedagi klublarimiz Premer-liga klublari bilan bir xil pul ishlab topadilar. "Real" doimiy ravishda shikoyat qiladi, lekin ularning davolari haqiqatga to'g'ri kelmaydi: ular Premer-liga klublari kabi ko'p pul ishlashadi. Shu boisdan ham "Real" va "Barselona" dunyoning eng ko'p daromad topayotgan klublari ro'yxatida yetakchilik qilib turishibdi. Ular yana nimani xohlashlarini bilmayman", – dedi funkcioner.

Avvalroq Tebas Chempionlar Ligasini isloh qilishni taklif qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS