Kushchak Runi haqida: "MYU uchun kelajakdagi yaxshi variant bo'lishi mumkin"

Mirjalol Normatov
10 may 2022, 00:37
"Manchester Yunayted" sobiq posboni Tomash Kushchak mankunianliklarning sobiq forvardi Ueyn Runini jamoaning bo'lajak bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqda.

"Ueyn aqlli inson va u buni boshqalarga bildirmaslikka harakat qiladi. Balki u odamlarga o'z ishining ustasi sifatida ko'rinmagandir, ko'p bora u tanqid qilindi ham. Biroq Ueyn - ingliz futboli afsonasi va yuqori darajadagi murabbiy bo'lib yetisha oladi. U kelajakda MYUning bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

"Derbi"dagi faoliyati unga juda katta tajriba bo'ldi va endi uni APLda ko'rishimiz kerak. Yaqin o'tmishda futbolchi bo'lgan Lempard, Arteta, Jerrard kabilarning murabbiylik faoliyati ham chakki emas. Sulsher ham MYUda o'zini ko'rsata olgandi", - dedi Kushchak.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal