

Poytaxt klublaridan birida dam olgan futbolchi do'stlari davrasida Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamni qo'pol tanqid qilgan. O'sha paytda noma'lum shaxslar himoyachining so'zlarini videoga tushirib olishdi va Kurzavani shantaj qila boshlashdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, noma'lum shaxslar futbolchi bilan uchrashuv belgilashdi va video tarmoqlarga chiqmasligi uchun 100 ming evro talab qilishdi. Kurzava policiyaga murojaat qildi, shundan so'ng xavfsizlik xizmati 5 nafar shubhalanuvchini qo'lga oldi, ularning uch nafari Leyvin oldida hibsga olingan.
Telefon suhbatida uchrashuvga hech kim kelmasligi ma'lum bo'ldi. Jinoyatchilar Kurzava uydan chiqqanida, pulni o'marmoqchi bo'lgan.



