Kurtuaning 50 yoshli sobiq qiz o'rtog'i: "U o'g'liga etarlicha e'tibor bermayapti"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2025, 00:14
Tibo Kurtuaning nikohsiz tug'ilgan farzandining onasi futbolchi etarlicha yordam bermayotganidan nolidi.

Versace sobiq dizayneri Elza Izak 2014 yilda Kurtua "Chelsi"ga o'tganida munosabatlar qurgan va qo'shni bo'lib yashashgan. Ularning Enco ismli farzandi uch yildan so'ng dunyoga kelgan.

Hozir 50 yoshli ayol uning 3 mln. funtli uyi olib qo'yilishidan qo'ryapti, chunki unda ipoteka bo'ycha 63 ming funt qarzi bor. Bundan tashqari uyning shifti ta'mir talab ahvolga kelgan.

Elzaning aytishicha, 2020 yilda Kurtuaga aliment to'lash majburiyati yuklatilgan. Ayni damda "Real" darvozaboni haftasiga 240 ming funt ishlab topadi.

Shu bilan birga belgiyalikning hozirgi xotinidan 11 yoshli qizi bor va yana ikki farzandi oldingi munosabatlaridan.

"Uyimiz to'kilib boryapti, bu yerda yashashda davom etib bo'lmaydi. Bank uyimizni olib qo'yishidan qo'rqaman. Kutilmaganda ko'chada qolib ketishni xohlamayman.

Tibo farzandini bu sharoitda qoldirib, shaxsiy samolyotlarda uchishi va yaxtalarda dam olishini hazm qila olmayman.

U farzandiga etarlicha e'tibor bermayapti" - deydi Elza.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun