Kurtua Belgiya JCHdan chiqib ketgani uchun uzr so'radi

Sherzod Nurmatov
3 dek 2022, 13:04
Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasining pley-offga yo'l ololmaganidan afsusda ekanligini bildirdi.

"Doim biz bilan bo'lgan barcha muxlislardan uzr so'raymiz. Biz faqat qo'limizdan kelganini qilishga va yana urinib ko'rishga vada berishimiz mumkin. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.

Bir kun o'tdi, ammo Jahon chempionatidan chiqib ketish og'riqli va bu tuyg'u o'tib ketishi uchun biroz vaqt kerak bo'ladi.

Men jamoadoshlarimga va ayniqsa [murabbiy] Roberto Martinesga birga o'tkazgan vaqtimiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", – dedi Belgiya terma jamoasi va "Real" posboni.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/thibautcourtois