

"Antaliyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan asosiy jamoamizning murabbiylar shtabida yana bir o'zgarish.
O'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasi va mamlakatimizning yetakchi klublari, xususan, "Bunyodkor" safida to'p tepgan Aleksey Nikolaev Ilyos Zeytullaev boshchiligidagi murabbiylar shtabidan joy oldi", – deyiladi xabarda.

Kecha, 8 yanvar kuni "Surxon" klubi Nikolaev bilan xayrlashilganini ma'lum qilgan edi.



