Kuman: "Everton" futbolchilari bilan uchrashadigan vaqt keldi, biz xavf qo'ng'irog'ini oldik"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2017, 13:03
"Everton" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining 5-tur uchrashuvidan oldin, "irislar" futbolchilari bilan so'nggi natijalar borasida suhbatlashib olishini aytdi.

Jamoa APLdagi to'rtta turdan so'ng 4 ochko yig'di, "Atalanta"ga qarshi Yevropa ligasining 1-tur uchrashuvida esa 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.

"Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda mardlik va tajribamizni ko'rsatishimiz kerak. Futbolchilar bilan uchrashib olaman. Tajribali o'yinchilar gapiradigan payt keldi. "Atalanta"ga qarshi bahsda ko'rganimdan havotirga tushib qoldim. Bu xavf qo'ng'irog'i. Bunday natijalardan so'ng jamoaga o'zgarish kerakligi haqida fikr paydo bo'ldi. Xatto so'nggi uchrashuvlarni "Manchester Siti", "Chelsi" va "Tottenxem"ga qarshi o'tkazgan bo'lsak ham, jamoam maydonda shubhalanmoqda. O'tgan mavsumda eng kuchli tomonlarimizdan biri tashkillashgan himoya bo'lgandi, biroq hozir biz bu ustunlikni yo'qotdik" - deydi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph