Kuadradoning "Barselona"ga o'tishi Dani Alvesning savdosiga bog'liq

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 15:24
"Barselona" "Fiorentina"dan Xuan Kuadradoni o'z safiga qo'shib olish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.
Ammo bu ishni amalga oshirish katalon klubi uchun og'irlik qiladi. Birinchidan, kolumbiyalik futbolchi uchun "Bavariya" va MYU kabi  jamoalar davogarlik qilmoqda. Bundan tashqari Italiya klubi o'z futbolchisi uchun 40 million evrodan kam bo'lmagan mablag' talab qilmoqda, bunday pullar esa "Barselona"da to'lay olmaydi.

Kataloniyaliklar Dani Alvesni yaxshigina narxga pullab, o'sha pullarni Kuadradoga ishlatishmoqchi. Bu savolga keyingi haftada javob bo'lishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com